Kichik Modxera qishlog‘i Hindistonda to‘liq quyosh energiyasidan foydalanadigan birinchi aholi punktiga aylandi.
Qishloqda 6,5 ming aholi istiqomat qiladi. Loyiha aholi turmush darajasini yaxshilash va ish o‘rinlari sonini ko‘paytirishga qaratilgan. Mazkur tashabbus doirasida turar-joy va davlat binolari tomlariga 1300 dan ortiq panellar o‘rnatildi. Barcha quyosh panellari elektr stansiyasiga ulangan, hukumat aholidan ortgan energiyani sotib olishga va oilalar uchun yangi daromad manbayini yaratishga ma'sul.
Manba: https://t.me/clearenergy/1706
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati