O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklarasiyani imzoladilar.
Shuningdek, ikki mamlakat Energetika vazirliklari o‘rtasida elektr energetika sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlikning aniq yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
➖Tomonlar ikki davlat o‘rtasida elektr energiyasi savdosini rivojlantirish va uning boshqa davlatlarga tranzitini yo‘lga qo‘yishda hamkorlik qilish;
➖O‘zaro manfaatli shartlar asosida elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha amaldagi shartnomalar amal qilish muddatini uzaytirish;
➖Elektr energiyasi savdosi hajmini oshirish;
➖Energetika obyektlarini ta’mirlash sohasida hamkorlik qilish;
➖Obyektlarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish kabi maqsadlarni nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2220
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati