2022-yil 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jahon banki ishtirokida «Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish» loyihasini amalga oshirish hamda respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–113-sonli qarori e'lon qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra, Respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish, uning ishonchliligi va xavfsizligini oshirish, tizimli avariyalarning oldini olish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash maqsadida –
1 Birinchi navbatda quyidagilar amalga oshiriladi:
a) Jahon bankining direktorlar kengashi tomonidan 2021-yil 25-iyunda transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish» loyihasining quyidagi komponentlari (keyingi o‘rinlarda — Jahon banki loyihalari): «Dispetcherlik boshqaruvi va ma'lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) joriy qilish»;
✔️ «Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish (II faza)»;
✔️ «Yangi 500 kV kuchlanishli «Halqa» podstansiyasi va 220, 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish»;
✔️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ resurslarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (ERP) joriy etish» investitsiya loyihalarini Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 330 mln AQSh dollariga teng imtiyozli va 50 mln AQSh dollariga teng imtiyozsiz kreditlari, Yashil iqlim jamg‘apmacining 43 mln AQSh dollariga teng imtiyozli krediti va 4 mln AQSh dollariga teng grant mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishga kelishilganligi;
b) «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ (keyingi o‘rinlarda — O‘zMET) hamda yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida 2021-yil 6-oktabrda «130 km uzunlikdagi 500 kVli Sarimoy (Xorazm viloyati) – Jonkeldi (Buxoro viloyati) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish» investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun davlat kafolatisiz korporativ kredit ajratilishi bo‘yicha mandat xati imzolanganligi ma'lumot uchun qabul qilinishi belgilandi.
2 Ikkinchi navbatda: Yagona energetika tizimining mustahkam va barqaror ishlashini ta'minlash, operativ-dispetcherlik boshqaruvi jarayonlarida inson omili bilan bog‘liq xavf-xatarlarni qisqartirish va tizimli avariyalarning oldini olish hamda elektr energiyasining texnologik sarfini kamaytirish orkali uni transportirovka qilish sarf-xarajatlarini qisqartirish maqsadida amalga oshirilayotgan:
✔️ “Dispetcherlik boshqaruvi va ma'lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) joriy qilish” investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
✔️ “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish (II faza)” investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi belgilandi.
Bunda quyidagilar:
• yagona elektr energetikasi tizimini, shu jumladan elektr tarmoqlari bo‘yicha elektr energiyasi oqimini tezkor boshqarishning zamonaviy, avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishi hisobiga energetika tizimi uzluksiz va barqaror ishlashi ta'minlanishi;
• 22 ta podstansiyada jismonan va ma'nan eskirgan elektr uskunalar va jihozlarni yangisiga almashtirish, shu jumladan, 10 ta podstansiyada 20 ta jamlanma yangi kuch transformatorlari va avtotransformatorlarni o‘rnatish orqali podstansiyalar quvvatining 912,7 MVAga oshirilishi;
• uskunalarni mukammal ta'mirlash xarajatlarini va transformatorlar o‘z ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasi hajmini o‘rtacha yillik 14,2 mln AQSh dollariga teng miqdorda kamaytirishga erishilishi ma'lumot uchun qabul qilinishi belgilangan.
3 Uchinchi navbatda: Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va O‘zMET bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar «Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish» loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha Jahon banki bilan qarz bitimi imzolanishini ta'minlanadi.
4 To‘rtinchi navbatda: Moliya vaziriga xalqaro moliya institutlarining kreditlaridan foydalanish va o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va O‘zMET o‘rtasida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlarni O‘zbekiston Respublikasi nomidan belgilangan tartibda imzolash vakolati beriladi.
5 Beshinchi navbatda: Xalqaro moliya institutlarining 3-ilovada keltirilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida jalb qilingan kreditlari bo‘yicha iqtisod qilinadigan mablag‘larni, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi va kreditorlar bilan kelishilgan holda, O‘zMETning boshqa investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirishga ruxsat beriladi.
6 Oltinchi navbatda: Energetika vazirligi bir hafta muddatda O‘zMET tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
7 yettinchi navbatda: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi loyiha hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda loyihalarni amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta'minlashi belgilandi.
8 Sakkizinchi navbatda: Energetika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 4-ilovada ko‘rsatilgan «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tarkibidagi korxonalar va «O‘zbekgidroenergo» AJ tasarrufida bo‘lgan 110–500 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalarni O‘zMET tasarrufiga balans (qoldiq) qiymati bo‘yicha shtat birliklari bilan birga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berildi.
✔️ Bunda, mazkur bandga muvofiq xo‘jalik jamiyatlarining bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga o‘tkazilayotgan mulki va mulkiy huquqlari soliqqa tortishning barcha turlari bo‘yicha soliq solish ob'ekti hisoblanmasligi belgilab berildi.
✔️ Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda ushbu takliflarni amalga oshirish bo‘yicha «yul xaritasi»ni tasdiqlashi belgilandi.
9 To‘qqizinchi navbatda: Qaror bilan quyidagilarga:
✔️ Energetika vaziriga — loyiha bo‘yicha qurilish-pudrat ishlari tizimli nazorat qilinishini ta'minlash, shuningdek, loyiha doirasida bajarilgan ishlarni doimiy tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish;
✔️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi D.A. Isaqulovga — loyiha hujjatlari puxta ishlab chiqilishi, qurilish ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
10 O‘ninchi navbatda: Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas'ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov zimmasiga yuklatildi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan belgilab berildiki,
✅ Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib boriladi.
⇒ Batafsil: (Ilovalar /pdf — https://lex.uz/uz/pdfs/5849837
⇒ На русском (pdf): https://lex.uz/uz/pdfs/5849839
⇒ Eslatib o‘tamiz, PQ–113-sonli Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 3-fevral sanasida imzolangan.
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati