Qiziqarli xabarlar
AQSh okeanda suzuvchi shamol stansiyalarini kengaytirishni rejalashtirmoqda
  • 12.10.2022
  • 339

AQSh prezidenti ma'muriyati dengiz shamol stansiyalarini rivojlantirish loyihasini boshladi. Suzuvchi shamol stansiyalarini rivojlantirish uchun allaqachon 50 million dollar ajratilgan.

2035-yilgacha 60 m.dan ortiq chuqurlikda 15 GVt quvvatni o‘rnatish rejalashtirildi. Shamol energetikasini rivojlantirish uchun mos hudud Oregona shtatining janubiy qirg‘oqlari va Kaliforniyaning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab joylashgan.

Shuningdek, «Floating Offshore Wind Shot» loyihasini amalga oshirish jarayonida dengizda suzuvchi shamol energiyasining narxi 70 %ga kamayadi.

 

#shamolenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1664

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>