2022-yil 14-oktabr kuni Energetika vazirligida “Elektr energiyasi bozoriga o‘tish bo‘yicha xalqaro tajriba va O‘zbekiston energetika sektori uchun kelgusidagi rejalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Energetika vazirligi va Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha energetika menejeri Sudeshna Gosh Banerji, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Marko Mantovanelli ishtirok etadi.
Davra suhbati Zoom orqali tgo‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati
Маnbа: https://t.me/minenergy_uz/6063
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati