Elektromobilni quvvatlash vaqti elektromobil sotib oluvchilarni tashvishga solib kelmoqda, biroq mutaxassislarning ta'kidlashicha, elektromobillarning keyingi avlodi o‘n daqiqa ichida 90 foizgacha qayta quvvatlana olishi mumkin.
Tadqiqotchilar yuqori tezlik bilan quvvatlash vaqtida akkumulyatorlarning eskirish jarayoni ustida ish olib borishdi va batareyaga zarar yetkazmasdan o‘ta tez zaryadlashni ta'minlovchi protokol yaratishdi. Yagona kamchilik shundaki, texnologiya taxminan besh yil ichida ommaga taqdim etiladi.
Bu yangilik elektromobillarni arzon va samaraliroq bo‘lishi ta'minlashi mumkin.
Manba: https://t.me/clearenergy/1658
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati