Yangiliklar
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini imtiyozli asosda sotib olish uchun platforma ishga tushirildi
  • 04.10.2022
  • 806

2022-yil 1-oktabrdan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining raqamli onlayn platformasi ishga tushirildi.

Platforma Prezidentimizning “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori* ijrosi doirasi ishga tushirildi.

Ushbu Platformadan foydalangan holda iste’molchilar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini 3 yilgacha foizsiz bo‘lib bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilishlari mumkin. Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari narxini to‘liq to‘lagan iste’molchini xarid qilgan xarajatlarining bir qismi Jamg‘arma hisobidan qoplanadi.

Aholi tovar va ishlab chiqaruvchini tanlash huquqi bilan Jamg‘armaning https://energymarket.uz/ onlayn platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va xarid qilish uchun ariza topshirish imkoniyatiga ega.

Ayni paytda platforma test rejimida ishlamoqda, ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning takliflarini to‘ldirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Saytning mobil versiyasi 3 kun ichida ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Jamg‘arma “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki va “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat xalq banklari, “Sanoat qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banklari bilan energiya tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida uskunalar xarid qilish uchun yashil iste’mol kreditlari berish to‘g‘risida shartnomalar imzolagan.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Jamg‘armaning quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin. (77) 070-12-32 / (78) 122-12-32

*09.09.2022dagi PF-220-son.

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

▶️@prminenergy

Маnbа: https://t.me/minenergy_uz/6007

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>