Markaziy Osiyodagi birinchi yadroviy reaktor bo‘lgan VVR-SM tadqiqot reaktori 1959 yilda ishga tushirilgan. Ushbu reaktor Toshkent shahri yaqinida Ulug‘bek shaharchasidagi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida joylashgan.
VVR-SM reaktori yadro fizikasi, radiatsion materiallarshunoslik, faollashuv jarayoni tahlili, minerallarni nurlantirish kabi sohalarida, shuningdek, tibbiyot va sanoat uchun radioizotoplar ishlab chiqarish maqsadlarida keng foydalaniladi.
Manba: https://t.me/clearenergy/1627
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati