Yangiliklar
Xorijiy nashrlardan birida e'lon qilingan «Namangandan Andijonga elektr tarmog‘i fermerlarning bug‘doyzorini payhon qilish evaziga tortilmoqda» nomli xabarga munosabat
  • 09.03.2020
  • 751

  Yaqinda o‘zbek tilida ish yuritadigan xorijiy nashrlardan birida e'lon qilingan «Namangandan Andijonga elektr tarmog‘i fermerlarning bug‘doyzorini payhon qilish evaziga tortilmoqda» nomli xabarda Andijon viloyat, Ulug‘nor tumanida 45 /nomdagi/ fermer xo‘jaligining bug‘doy ekilgan dalalari bir qismi «To‘raqo‘rg‘on IES»idan (Namangan viloyati) Andijon tumanidagi «Yulduz» podstansiyasiga yuqori kuchlanishli liniya tortish jarayonida /qishloq xo‘jaligi ekinlari/ payhon qilinayotgani; fermerlar ziyon ko‘rayotgani, yetkazilgan zarar qachon to‘lab berilishi noma'lumligi va nihoyat, munosabat bildirishimizga sabab bo‘lgani, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ o‘zining rasmiy murojaatida 2019-yilning 7–10-oktabr kunlari podstansiyalarga yaqin joylashgan hudud aholisi bilan yuzaga keluvchi ekologik va ijtimoiy savollarni muhokama qilish maqsadida rejalashtirilgan ommaviy konsultativ yig‘ilishlar o‘tkazilishi haqida ma'lumot bergani-yu, biroq fermer Shamshiddin Mirzakarimov bunday «konsultativ yig‘ilishlar» bo‘lmaganini aytgani haqida xabar e'lon qilingan edi.

  «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy ma'lumoti: «To‘raqo‘rg‘on IES»idan (Namangan viloyati) Andijon tumanidagi «Yulduz» podstansiyasiga yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ini qurish-montaj ishlari va u bilan bog‘liq boshqa amaliyotlar «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ vakolatlari doirasidagi masala bo‘lib, fermerlarning ko‘rgan ziyonlari hamda zararlarning qoplanishi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog‘liq emas.

  Shuningdek, ma'lum qilamizki, «To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi» AJda qurilayotgan yangi bug‘-gaz qurilmasi va unda ishlab chiqariladigan qo‘shimcha quvvatni elektr energiyasi umumtizimiga ulash yuzasidan olib borilayotgan ishlar mamlakatimiz iste'molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz ravishda ta'minlashga qaratilgan amaliyotlardan biri hisoblanadi.

  Qo‘shimcha izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi №PQ-3284-sonli Jahon Banki ishtirokida «Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Respublika hududida joylashgan 22 ta podstansiyada ma'nan va jismonan eskirgan elektr jihozlarini yangi va zamonaviy uskunalarga almashtirish ishlari bajarilishidan oldin aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari (konsultativ yig‘ilishlar) faqat podstansiyalar ichidagi shovqin va chang-to‘zon hamda podstansiya hududi bilan chegaradosh (25 metr masofadagi uy-joy va ekin maydonlari) yer egalari o‘rtasida olib borilgani nazarda tutilgan edi.

Havola: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/17

Ссылка: http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/17

  Aynan «Yulduz» podstansiyasi atrofidagi aholi va mahalla faollari bilan tushuntirish ishlari 2019-yilning 7-noyabr sanasida o‘tkazilgan bo‘lib, unda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori K.Yo‘ldoshev, «Ayrilish» mahalla fuqarolari yig‘ini raisi E.Esonova, «Yorboshi» MFY raisi M.Sotkinov, «Yulduz» podstansiyasi rahbari M.Shahobiddinov va ko‘psonli aholi vakillari ishtirok etishgan.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>