Yangiliklar
OTALIQDAGI MAKTAB JAMOASI «O‘ZBEKISTON MET» AJ MA'MURIYATI VA ISHCHI-XODIMLARIGA MINNATDORLIK IZHOR ETISHDI
  • 02.03.2020
  • 898

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2019-yil 23-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 34-sonli yig‘ilish bayonining 8-bandiga muvofiq vazirlik va idora rahbarlari bittadan maktabni otaliqqa olish to‘g‘risidagi topshiriq berilgan edi. Shuningdek, ushbu majlisda har bir vazirlik va idora-tashkilot rahbarlari o‘zi o‘qigan maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilishi, maktab o‘quvchilariga mahorat darslari o‘tib berishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgandi.

  «O‘zbekiston MET» AJ Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabini o‘z otalig‘iga oldi va mazkur bayonnomaning 14-bandiga muvofiq «Oila–mahalla–maktab» hamkorlik tizimiga asosan maktab ma'muriyati bilan kelishilgan holda Jamiyat tomonidan turli yo‘nalishdagi tadbirlar uyushtirilib, homiylik ishlari bajarilib kelinmoqda.

  Otaliqqa olingan maktabda pedagogik jamoa va o‘quvchilar yaxshi ko‘rsatkichlarga erishish uchun xalq ta'limi tizimi mutasaddilari bilan hamkorlikda munosib shart-sharoitlar yaratilish lozimligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 19750-xh-sonli xati va Energetika vazirligining 2019-yil 28-avgustdagi 1-117-sonli topshirig‘ida ham belgilab berilgan.

  Maktab jamoasining 2019-yil 17-dekabrdagi 64-sonli xatiga asosan «O‘zbekiston MET» AJ ma'muriyati 1,52 koeffitsentda faoliyat olib borayotgan umumta'lim maktabida o‘qituvchilar xonasi yetishmayotgan sinf xonalariga aylantirilgani bois, binoning ichki yo‘lagida o‘qituvchilar uchun lozim sharoitlarni yaratish maqsadida 2-qavatidagi ichki yo‘lakdagi 27 metr kvadrat vestibyulni plastik akfa rom bilan o‘rab berishdi.

  Amalga oshirilgan ish uchun maktab jamoasi Jamiyat ma'muriyati va ishchi-xodimlariga minnatdorlik izhor etib, «Talim yangiliklari» kanalida tashakkurnoma e'lon qilishdi.

  Ma'lumot o‘rnida: Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabi 315 o‘rinli bo‘lib, ayni paytda muassasada 481 nafar o‘quvchi (1,52 koeffitsentda, 2 smenada) tahsil olishmoqda. Ularga 40 ga yaqin o‘qituvchi-pedagoglar ta'lim-tarbiya berib kelishmoqda.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>