Energetika sektori
UMUMIY XARID BO‘YICHA XABAR
Kredit №: IDA 6943-UZ va 6944-UZ
IFB nomi: SCADA/EMS/RTU and Telecommunications & Fiber Optic Cables
IFB №: RFB/SCADA/2021
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» (keyinchalik «O‘zbekiston MET») aksiyadorlik jamiyati tomonidan “SCADA/EMS/RTU and Telecommunications & Fiber Optic Cables” loyihasini joriy etish maqsadida Jahon bankidan 115 000 000 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida qarz moliyalashtirildi va moliyalashtirishning bir qismini ushbu loyiha doirasida xarid qilinadigan axborot tizimlari va tovarlarni o‘rnatish, ishlar, konsalting bo‘lmagan xizmatlar va konsalting xizmatlari uchun to‘lovlarga yo‘naltiriladi.
Loyiha doirasida «O‘zbekiston MET» AJ ning magistral elektr uzatish tizimida elektr energiyasini monitoring qilish, boshqarish va nazorat qilishni modernizatsiya qilish uchun uskunalar va axborot tizimlarini loyihalash, o‘rnatish, ishga tushirish va sinovdan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan shartnomalar boʻyicha xaridlar Jahon bankining «IPF (2021-yil iyul) qarz oluvchilar uchun xaridlar boʻyicha nizom»da belgilangan tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi va Nizomda belgilanganidek, barcha munosib yuridik va jismoniy shaxslar uchun ochiqdir. Loyiha muzokaralari natijasida Jahon banki oʻz veb-saytida kelishilgan dastlabki xarid rejasini va Bank tasdiqlanganidan soʻng barcha keyingi yangiliklarni e’lon qiladi.
Xalqaro tender savdolari orqali xarid qilinadigan shartnomalar boʻyicha maxsus tanlov xabarlari UN Development Business online, Jahon bankining veb-sayti, «O‘zbekiston MET» AJ veb-sayti hamda “Xalq soʻzi” milliy gazetasining Oʻzbekistondagi tirajida eʼlon qilinadi.
Quyidagi shartnomalar bo‘yicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarning dastlabki saralov amalga oshirilmaydi:
Lot 1: SCADA/EMS/RTU/Telekommunikatsiya;
Lot 2: Optik tolali kabellar.
Yuqorida keltirilgan loyiha bo‘yicha tovarlar, xizmatlar, konsalting bo‘lmagan xizmatlar va konsalting xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha istagi bo‘lgan yoki qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar Qarz oluvchiga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin:
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ
Feruz Qurbonov, Boshqaruv raisi o‘rinbosari
100084, Toshkent, Oʻzbekiston, Osiyo koʻchasi, 42
+998 71 236 66 33;
+998 71 208 56 39;
+998 71 236 66 28.
Investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati