Yangiliklar
ENERGETIKA SOHASI MUTAXASSISLARIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH MUASSASASIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
  • 19.02.2020
  • 672

     Yaqinda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Tibbiy-sanitariya qismi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengash a'zolari bilan birgalikda «Yoshlarning muammolari va ularning yechimlari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

     Ayni paytda Tibbiy-sanitariya qismida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat ishchi-xodimlar bilan davra suhbati uyushtirishdan ko‘zlangan maqsad bitta, u ham bo‘lsa yoshlarning mavjud muammolarini o‘rganish, muammolarga yechimlar topish orqali ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘l ochib berishdan iborat.

     Davra suhbati davomida yoshlarni ma'nan barkamol etib tarbiyalash, ularni turli diniy oqim va yot g‘oyalar ta'siridan asrash, yosh oilalarda yuzaga kelayotgan ajrimlar, farzand tarbiyasi, voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida erta turmush qurishning salbiy oqibatlari, voyaga yetmagan ota-onalarning nosog‘lom go‘daklari, to‘g‘ri rejalashtirilmagan oila va homiladorlik, tug‘ruq yoshidagi ayollarning kamqonlik kasalligiga duchor bo‘lmasligini oldini olish, oilada sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, sport-sog‘lomlashtirish hamda madaniy-ma'rifiy tadbirlarning ahamiyati kabi ko‘plab mavzular yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

     Davra suhbatida ma'lum bo‘ldiki, yoshlarning huquqiy savodxonligi yetarli darajada emas, ko‘pchilik yoshlar mehnat faoliyati va oila-ro‘zg‘or tashvishlari orasida sport-sog‘lomlashtirish hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga vaqt ajratisholmaydi, ko‘pchilik yoshlar o‘z kasbiy faoliyatida malaka oshirishga muhtoj.

     Tadbirda yosh ishchi-xodimlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar energetika sohasi mutaxassislariga tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasasi rahbariyati tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularga zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>