Bo'sh ish o'rinlari
DIQQAT, E'LON! ISHGA QABUL QILAMIZ!
  • 08.09.2022
  • 1317

O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali  

❗️«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati  quyidagi mutaxassislarni ishga taklif etadi:

⇒ 2022-yil 1-sentyabr holatiga jami 9 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:

9 ta bo‘ ish o‘rni mavjud:

1) Boshqaruv raisining transformatsiya, raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;

2) Huquqshunos-maslahatchi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;

3) Ichki audit xizmati boshlig‘i — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;

4) Markaziy rele himoyasi va elektr avtomatikasi xizmati yetakchi muhandisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;

5) Birinchi bo‘lim boshlig‘i — oliy ma'lumotli va kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart;

6) Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarma boshlig‘i —  oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;

7) Transformatsiyani amalga oshirish bo‘limi bosh mutaxassisi — oliy ma'lumotli, ingliz tilini bilishi shart, tajriba kamida 5 yil;

8) Mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korhonalar bilan ishlash bo`limi mutaxassisi — oliy ma’lumotli, ingliz tilini bilishi shart;

9) Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi yetakshi muhandisi — oliy ma’lumotli, ish tajribasiga ega - energiya tizimida kamida 3 yil ishlash tajribasi.

 

✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining choraklik va har oyda yangilanib boradigan maֹ’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali orqali kuzatib boring!

«Bo'sh ish o'rinlari» rukni

⇒  “Murojaatlar” rukni

‼️ Eslatma: o‘z tarjimai holi va mehnat faoliyati haqidagi ma'lumotlarni taqdim etayotgan fuqarolar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini taklif etayotganini, shu bilan birga, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamlarini to‘g‘ri yozib yuborishlari shart.

YARATILGAN SHAROITLAR:

• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi:

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, aksariyat nomzodlar uchun oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6851; 71-236-6190.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@mail.ru; info@uzbekistonmet.uz

 ✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>