Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Ishga kirish uchun onlayn rezyume yuborgandim. Qabul qilindimi?”
  • 20.06.2022
  • 763

Murojaat egasi: Yodgorov Dilnur Qodirovich, Toshkent shahri

Elektron pochta: dilnurqodirovich@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Ishga kirish uchun onlayn rezyume yuborgandim. Qabul qilinganligini qanday bilaman?»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Dilnur Qodirovich! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi. Murojaatingizga javob o‘rnida, eng avvalo sizga shuni ma'lum qilishimiz lozimki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida «Onlayn rezyume» funksiya jadvalini to‘ldirib yuborgan bo‘lsangiz, uning matni belgilangan shaklda Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislariga yuboriladi.

«Onlayn rezyume»  https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.

Sizning ishga kirish uchun yuborgan rezyume ma'lumotnomangiz rasmiy veb-saytidagi «Onlayn rezyume» funksiya orqali kelib tushmagan. Siz rezyumeni to‘ldirish va yuborishda texnik xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishingiz mumkin.

Hurmatli fuqaro, Dilnur Qodirovich, Siz rezyumeni ma'lumotnomani qayta to‘ldirib jo‘natishingiz yoki kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz elektron pochtalari orqali standart shakldagi rezyumeni (tarjima holingizni) yuborishingiz mumkin.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6851; 71-236-6190.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta:  kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasidan murojaat:

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>