Yangiliklar
«DENOV» PODSTANSIYASIDAGI TRANSFORMATORNI KATTA QUVVATLISIGA ALMASHTIRISH ISHLARI YAKUNLANDI
  • 01.02.2020
  • 880

     Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Surxondaryo MET» filiali tasarrufidagi 220/35/6 kVli «Denov» podstansiyasida quvvati 40000 kVA bo‘lgan, 1965-yilda Tolyati transformator zavodida ishlab chiqarilgan T-2 kuch transformatorini yangi 63000 kVA quvvatli kuch transformatorga almashtirish ishlari 25-yanvardan 4-fevralgacha davom etishi belgilangan edi.  

     Bugun, 1-fevral kuni modernizatsiya dasturining qurilish-montaj ishlari muddatidan ilgari tugallanib, yangi transformatorga yuklama berildi. Bu Surxondaryo viloyatining «Denov» podstansiyasi quvvati qo‘shimcha 23000 kVAga oshirildi degani.

     Ma'lumot o‘rnida: elektr energetikasi iqtisodiy o‘sishning barqarorligini va aholi farovonligini ta'minlaydigan muhim manba hisoblanishi, tarmoqni modernizatsiya qilish, energiya quvvatlarini ko‘paytirish hamda iste'molchilarga uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha sohada olib borilayotgan ishlar haqida quyidagi ma'lumotlar (videolavha) orqali kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin:

     O‘zbek tili (kirill alifbosida): uzbekistonmet.uz/uz/

     O‘zbek tili (lotin alifbosida): uzbekistonmet.uz/oz/

     Rus tilida: uzbekistonmet.uz/ru/

     Ingliz tilida: uzbekistonmet.uz/en/

     «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati elektr energiyaga keskin sur'atlarda oshib borayotgan ehtiyojni qondirish, xususan ishlab chiqaruvchi korxonalarda rejaga muvofiq ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini iste'molchilarga taqsimlab beruvchi tashkilotlar yetkazib berish, energoresurslar iste'moli sezilarli daraja oshgan paytda elektr enegiyasi importi amaliyotlarini bajarish, shu bilan birga, respublikamiz va mintaqa energotizimida barqarorlikni (xavfsizlik muvozanatini o‘rnatish) ta'minlash uchun barcha kuchlarni safarbar etgan.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmat

>