Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «13 yillik ish stajim uchun “energetika tizimidagi mehnat staji” toifasini tiklashga amaliy yordam berishingizni so‘rayman»
  • 12.05.2022
  • 455

Murojaat egasi: Hasanov Rustam Ro‘ziboyevich

Elektron pochta: jurayevfaxriddin757@gmail.com

Murojaat mazmuni: Men 2006-yilda “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga elektr montyori vazifasida ishga kirganman. 2014-yildan mehnat faoliyatimni “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari”da davom etirdim. 2019-yil 28-dekabrda, 2 oy tanafusdan keyin lavozimimga qayta qabul qilinganman. Hozirgacha menga to‘lanadigan “energetika tizimidagi mehnat staji” 5% gacha to‘lab kelinmoqqda. Menga 13 yillik ish stajim uchun “energetika tizimidagi mehnat staji” toifasini tiklashga amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»

Murojaatga javob: Bunday holatlarda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim. Boshqaruv raisining tegishli ko‘rsatmasiga binoan ariza “O‘zbekiston MET” AJ tarkibida ishlovchi xodimlardan energetika tizimi mehnat faoliyatidagi uzilishlarni tiklash bo‘yicha komissiyaga yuboradi. Komissiya arizani belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va xulosa chiqaradi.

Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi

Axborot xizmatidan izoh: “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimi bilan “O‘zbekiston MET” AJ Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari telefon orqali bog‘landi va huquqiy tushuntirish berildi.

 

Murojaatga qo‘shimcha javob: Hurmatli fuqaro Rustam Ruziboevich Xasanov, murojaatingizni o‘rganish jarayonida shu ma'lum bo‘ldiki, mehnat stajingizdagi uzilishni tiklash yuzasidan avvalroq ham, aniqrog‘i 2020-yilning 25-dekabr sanasida ariza bilan murojaat qilgan ekansiz.
Arizangiz Ish stajini tiklash bo‘yicha komissiya tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilgan va Komissiya xulosasi Sizga 2021-yilning 10-mart sanasida XE-1/22-sonli javob xati orqali ma'lum qilingan.qiladi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>