Murojaat egasi: Xurshidbek Ko‘paysinov
Elektron pochta: xurik.i.k@inbox.ru
Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum. Men Namangan viloyati, Namangan tumani, Beshkapa mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi fuqaroman. Hozirga paytda elektr ta'minotida juda ko‘p uzilishlar bo‘lmoqda. Bir necha bor murojaat qilishimga qaramay, natija borgan sayin yomon tarafga o‘zgarmoqda. Bir kunda 4–5 martalab elektr tarmog‘ida uzilishlar kuzatilmoqda. Natijada qimmatbaho buyumlarimiz kuyib qolyapti, duxobkadagi pishiriqlarimiz pishmay qolyapti, televizor ko‘rib hordiq chiqara olmayapmiz, bolalarimizga qorong‘ida dars tayyorlatmoqdamiz.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbaridan shuni so‘raymizki, ushbu holatga jiddiy yondashib, bizning hududda elektr ta'minotini imkon qadar uzluksiz bo‘lishida amaliy yordam berishini.
Murojaat bo‘yicha umuman o‘rganish ishlari olib borilmaydi, telefon orqali tushuntirib quyiladi, lekin natija avvalgidan ham yomonlashaveradi. Oldinda rahmat!»
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Xurshidbek Ko‘paysinov, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548
“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
het.uz – rasmiy veb-sayti
• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
• Call centre: 1154
• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
Murojaatchiga «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmatidan qo‘shimcha ma'lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli, elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi va uning oldini olish uchun hozirda past va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida, podstansiyalarda ta'mirlash-sozlash, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, elektr ta'minotidagi uzilishlarga ko‘pincha xonadonning o‘zidagi yoki ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat tasarrufidagi elektr qurilmalaridagi nosozliklar sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarida xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilmaslik oqibatida ham elektr ta'minoti tarmoqlari shikast yetkazilishi, so‘ngra uni bartaraf etish uchun ma'lum bir vaqt (xavfsizlik texnikasi talablariga ko‘ra) iste'molchilar tarmoqdan uzilib turishi mumkin.
Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin: ENERGOTIZIMDA MUVOZANATNI SAQLASH — KECHIKTIRIB BO‘LMAS USTUVOR VAZIFA: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717
SAVOL-JAVOB — iste'molchilar, jurnalist va blogerlar diqqatiga qo‘shimcha ma'lumotlar: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati