Yangiliklar
«SARIBOZOR» PODSTANSIYASIDA MODERNIZATSIYA ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
  • 03.01.2020
  • 661

     Avval xabar berganimizdek, 2019-yilda 220/110/10 kVli «Jizzax» podstansiyasida 2 ta 125 MVAli avtotransformator o‘rniga 200 MVAli avtotrasformatorlar ishga tushirilgan edi.

     Shuningdek, Jizzax viloyatidagi 220/110/10 kVli «Saribozor» podstansiyasida mavjud 2 dona 63 MVA avtotransformatorlarni 125 MVA li avtotransformatorlarga almashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning birinchisi 2019-yilning 30-dekabr sanasida o‘rnatilib, ishga tushirildi.

     Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu amaliyot orqali Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol tumanidagi iste’molchilar, bundan tashqari Zafarobod va Forish tumanida joylashgan ayrim yirik ishlab chiqarish korxonalarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashning ishonchliligi yanada oshiriladi.

     Loyihaga asosan ikkinchi 63 MVA li avtotransformatorini yuqori quvvatlisiga almashtirish ishlari joriy yilning fevral oyida bajarilishi rejalashtirilgan.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmat

>