Yangiliklar
INVESTITSION LOYIHANING I BOSQICHI TO‘LIQ YAKUNLANIB, YANGI ELEKTR TARMOG‘I SINOVDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TDI
  • 30.12.2019
  • 794

     Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokidagi investitsion loyiha o‘z amaliyotlarini yakunlamoqda.

Bugun, 30-dekabr kuni tungi soat 01:31da loyihaning I bosqichi yakunlariga ko‘ra «Xorazm» podstansiyasidan «Sarimoy» o`chirib-yoqish punktigacha bo‘lgan qismiga, ya’ni yangi qurilgan havo liniyasiga kuchlanish berilib, havo liniyasining kuchlanishda turishi muvafaqqiyatli o‘tdi.

     Eslatib o‘tamiz: mazkur loyiha iste’molchilar, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar, kichik va o‘rta biznes hamda sanoat korxonalarini sifatli elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta’minlashni kafolatlash uchun xizmat qiladi.

     Shuningdek, ushbu yangi tarmoq yuqori kuchlanishli elektr energiyasini mamlakatimizning shimoliy qismidan markaziy qismiga, markaziy qismidan shimoliy qismiga orttirilgan quvvatlarda uzatish imkonini yaratadi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>