Kelib tushgan murojaatlar
MUROJAAT MAZMUNI: Rahbariyat bo'limida nega Obidjonov Jahongir Obidjonovich haqidagi ma'lumotlar yo'q? D.U. Habibova
  • 27.12.2019
  • 1015

  Murojaat mazmuni: Rahbariyat bo'limida nega Obidjonov Jahongir Obidjonovich haqidagi ma'lumotlar yo'q?

  Murojaatga javob: Assalomu alaykum! Habibova Dilfuza O'tkirovna, murojaatingiz "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ axborot xizmati tomonidan ma'lumot o'rnida qabul qilindi va murojaatingizga javoban quyidagilarni ma'lum qilamiz:

  "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aktsiyadorlik jamiyati yagona ta'sischisining 2-sonli qaroriga muvofiq (10.05.2019) faoliyati yakunlanishi belgilangan tashkilot — "O'zbekenergo" AJni tugatish ishlari yakuniga yetkazilganidan so'ng "O'zbekenergo" AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi J.O.Obidjonovni "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv a'zosi etib tayinlash masalasi ko'rib chiqilishi belgilangan.

   Ayni paytda "O'zbekenergo" AJni tugatish ishlari yakuniga yetmagan.

 

Hurmat bilan,

"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ axborot xizmati

>