Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Elektr shiti menga xavf tug‘dirayotganligini inobatga olib, boshqa hududga ko‘chirib berishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman!”
  • 10.01.2022
  • 339

Murojaat egasi: Muhammadsolijon Ulug‘bek o‘g‘li

Elektron pochta: mukhammadrakhmonov@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Yunusobod tumani, Usta Shirin ko‘chasi, 58-A-uyning old qismiga yuqori kuchlanishli elektr transformatori o‘rnatilgan. Men ushbu manzilda tadbirkorlik faoliyatimni boshlamoqchi edim. Mazkur elektr shiti menga xavf tug‘dirayotganligini inobatga olib, boshqa hududga ko‘chirib berishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Muhammadsolijon Ulug‘bek o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi. Toshkent shahri hududida "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ balansida 7 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar mavjud bo‘lib, Yunusobod tumani, Usta Shirin ko‘chasida ulardan hech biri joylashmagan.

Katta ehtimol bilan siz nazarda tutayotgan elektr qurilmasi «Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ balansida bo‘lib, bu masala yuzasidan o‘sha hududda joylashgan elektr ta'minoti korxonasi mutasaddilari o‘rganish o‘tkazishi va Siz ko‘targan masala yuzasidan to‘liq javob berishi mumkin. Shu bois, Sizning murojaatingiz turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

 ‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

 ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

 het.uz – rasmiy veb-sayti

 Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

 Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

 Call centre: 1154

MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>