Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: 910 kVt•soat elektr energiyasi qayerga ketdi?
  • 10.12.2021
  • 440

Murojaatchi: Salimov Hasan Farhodovich 

Murojaat mazmuni: Men Salimov Hasan Farhodovich, Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 119-uy, 76-xonadonda yashayman. 2020 yilgacha xotinim va qaynonamning oylik maoshidan har oy elektr energiyasi uchun ushlanib kelingan. Shuning uchun 2020-yil dekabr oyida men borib kompyuterda tekshirib sahifamdagi ma'lumotlarni chop etib olganimda to‘langan kilovatt•soat 15939 kVt edi. Bir yildan so‘ng, 2021 yil 2 dekabr kuni tekshirganimda, kompyuterdagi shaxsiy kabinetimizda, to‘langan hisob ko‘rsatkichi 15029 kilovatt•soatni ko‘rsatdi.

Savol: 910 kVt•soat qayerga ketdi? 2021-yil 4-dekabr kuni soat 22:00da shaxsiy kabinetdagi ma'lumotlarni tekshirsam, ikki kunda yana 2 kVt kamayganligi aniqlandi, ya'ni to‘langan kVt 15027 ni kompyuterda ko‘rsatdi. Samarqand shahar elektr tarmoqlari boshlig‘iga bu haqda yozma ariza bilan yozib murojaat qildim, lekin menga hech kim aniq yozma javob berolmadi, faqat ushbu holatni to‘g‘ri ekanligini og‘zaki tarzda aytishdi.

Menga 912 kVt.ni “kesganligini” amaldagi qonunchiligimiz doirasida tushuntirib, qaerga ketganligini aniqlab, uni topishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman. Mening hisob raqamim: 4120074.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Hasan Salimov, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qayd etildi va Siz murojaatda ko‘targan masala "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasiga kirmagani bois, turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

  MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/9319

‼️ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, sohada ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

⇒  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

✔️ het.uz – rasmiy veb-sayti

✔️ Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

✔️ Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

✔️ Call centre: 1154

  Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>