Qiziqarli xabarlar
To‘liq qayta ishlanadigan shamol turbinalarining qanotlari taqdim etildi
  • 27.09.2021
  • 598

  «Siemens Gamesa» germaniya va ispaniya qo‘shma  kompaniyasi «RecyclableBlade» nomli dunyoda birinchi, ishlash muddati tugaganidan so‘ng uni qayta ishlash imkoniyatini beruvchi shamol turbinasi qanotini taqdim etdi.

  Endi turbinalarni 2040-yilga to‘liq qayta ishlash imkoniyati  mavjud. Uzunligi 81 metr bo‘lgan qayta ishlanadigan dastlabki oltita qanotlar allaqachon ishlab chiqarilgan.

  Yangi turdagi bunday qanotlarni qayta ishlashga ularning tarkibidagi kimyoviy elementlar yordam beradi,  xizmat qilish muddati tugaganidan so‘ng ushbu elementlar komponentlarni parchalashga xizmat qiladi.

  Avvalroq xabar berganimizdek, «WindEurope» shamol energiyasi, yevropa assotsiatsiyasi 2025 yildan boshlab eskirgan shamol turbinalari qanotlarini utilizatsiya qilishga umumevropa taqiqini qo‘yishga chaqirgan edi.

#shamolenergiyasi

Manba: @Clearenergy

https://t.me/clearenergy/1163

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>