«Climeworks» startapi atmosferadan karbonat angidridni yig‘a oladigan korxona faoliyatini ishga tushirdi. Shunday qilib, to‘plangan karbonat angidrid maxsus minerallash jarayoni yordamida doimiy ravishda yer ostida saqlanadi. Qurilma yiliga 4 ming tonna karbonat angidridni yutish uchun mo‘ljallangan.
Karbonat angidridning yutilishi global isishga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.
Qurilma u orqali o‘tadigan havo oqimidan karbonat angidridni ajratib yutadigan maxsus filtrlarni o‘z ichiga oladi. Qayd etilishicha, yig‘ilgan karbonat angidrid gazlangan ichimliklar ishlab chiqarishda yoki sabzavot yetishtirishda ishlatilishi mumkin.
#buqiziq
Manba: @Clearenergy
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati