Dizayner Kurt Strand shamol talab etmaydigan va iste'mol qilgandan ko‘ra ko‘proq energiya ishlab chiqarish imkoniga ega 160 metrli quyosh yelkani bilan jihozlangan yaxtasini namoyish etdi.
“Florida” yaxtasida uglerod tolasidan yasalgan ustunlar o‘rnatilgan. 80 metr balandlikdagi uch qanotli yelkan elektro-gidravlik bo‘lib, oxirgi ishlab chiqarilgan quyosh panellari bilan jihozlangan.
Shamol bo‘lmaganda, superyaxta "quyosh yelkani" rejimida ishlaydi. Elektr akkumulyator batareyasida saqlanadi va undan vodorod ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Qayd etilishicha, yoqilg‘i sarfini kamaytirish taxminan 90%ni tashkil qiladi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati