“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2021-yil 31-iyuldagi 7-sonli bayoni bilan elektr energetika tarmog‘i korxonalari uchun, ya'ni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Issiqlik elektr markazlari” AJ hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkilotlari uchun elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotish, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” AJlari uchun elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan xarid qilish bo‘yicha tariflar tasdiqlanganligini ma'lum qiladi.
Ma'lum qilamizki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun elektr energiyasini transportirovka qilish (uzatish) xizmati tarifi — 46,47 so‘m miqdorida belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tariflar elektr energetika korxonalari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun belgilangan bo‘lib, elektr energiyasining yakuniy iste'molchilariga (abonentlarga) tatbiq etilmaydi va elektr energiyasining iste'mol tarifga ta'sir ko‘rsatmaydi.
"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati