Yangiliklar
«JIZZAX» PODSTANSIYASIDA 200 MVA LI AVTOTRANSFORMATOR O‘RNATILDI
  • 23.09.2019
  • 1018

Umuman olganda, 2018-2019-yillar davomida «Jizzax» podstansiyasida elektr uskunalarni yangilash, xususan avtotransformatorlarni katta quvvatlisiga almashtirish, moyli o‘chirgichlarni zamonaviy elegaz o‘chirgichlariga, rele himoyasi va avtomatika uskunalarini, dispetcherlik va aloqa uskunalarini, kabellarni, qiyoslov vositalarini almashtirish kabi ishlar ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida: Jizzax viloyatidagi 220/110/10 kVli «Jizzax» podstansiyasi «O‘zbekiston MET» AJ ning «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufida bo‘lib, Jizzax shahar Xayrabod mahallasi hududida joylashgan. Podstansiya iste'molchilar bilan bevosita ishlaydigan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ning hududiy bo‘limlari orqali Jizzax shahri aholisi, ijtimoiy soha, o‘rta va kichik biznes ob'ektlari hamda yirik sanoat iste'molchilariga uzluksiz elektr energiyasini ta’minlab berish uchun xizmat qiladi.

 

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegramm

 

Manba: sangzor.uz

Manba: jizzax.uz

>