Joriy yil 9- va 11-mart kunlari «500/220 kVli «Muruntov» podstansiyasini qurish va ikkita 3x167 MVAlik avtotransformatorlarini o‘rnatish» hamda «Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli «Besopan» o‘chirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmog‘ini 500 kVli gabaritda qurish» investitsiya loyihalari doirasida e'lon qilingan tender savdolari bo‘yicha tender ishtirokchilarning savollariga tushuntirishlar berish uchun “GOPA — International Energy Consultants GmbH” koncultant kompaniyasi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Investitsialarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan videokonferensaloqa shaklida tenderoldi muloqoti tashkil etildi.
Ushbu onlayn muloqot uchrashuvlarida o‘z savollariga javoblar, tushuntirish va izohlar olish uchun turli davlatlardan 100 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Onlayn tarzda o‘tkazilgan tenderoldi muhokamalar muloqotida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashdi.
«O‘zbekiston milliy elekr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati
Axborot xizmati t.me/uzmetaxborotxizmati