Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Har kuni kechkurun elektr tarmog‘ida kuchlanish ko‘rsatkichi 150–160 volt atrofida o‘zgarib turadi... Bu muammoni kim hal qiladi?»
  • 29.04.2024
  • 135

Murojaat egasi: Bobojonov Ulug‘bek Sharipovich, xususiy sektor.

Elektron pochta: ulugbeksaripov289@gmail.com

Murojaat mazmuni: Har kuni kechkurun elektr tarmog‘ida soat 19:00 dan keyin to 24:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida elektr energiyasining kuchlanish ko‘rsatkichi 150–160 yoki 190 atrofida, keyin yana 150 volt diapazonida o‘zgarib turadi. Kuchlanish o‘zgarishi keskin tarzda, favqulodda sodir bo‘ladi. Buning sababini bilish uchun kechqurun, yaʼni hodisa sodir bo‘ladigan vaqtda navbatchi mutaxassislarni ham chaqirtirib, sababini aytishlarini hamda nosozlikni sozlashlarini so‘radim. Lekin natija bo‘lmadi. Bu muammoni kim hal qila oladi?

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Ulug‘bek Sharipovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmatiga, yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

 Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Energetika vazirligi: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Toshkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport: 
Metro: «Amir Temur» bekati.
Avtobuslar: 14, 53, 58, 78, 93, 98.

Marshrutli taksilar: 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent xalqaro vestminster universiteti)
Telefon: (998 71) 231-1661.(7046)

Devonxona: (998 71) 236-2708.

MUROJAATLAR BO‘YICHA: 71-231-8118


Elektron pochta: info@minenergy.uz 

Ish grafigi: 
dushanba– juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>