Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyatiga “Shanghai Electric Group Co.,Ltd.” kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi
  • 13.04.2024
  • 43

 “Shanghai Electric Group Co.,Ltd.” kompaniyasining vitsa-prezidenti janob Xiao Veihua boshchiligidagi delegatsiya hamda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasida ishchi tartibdagi muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida xorijiy kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan “220 kV kuchlanishli birinchi raqamli “Zafarobod” podstansiyasi qurilishi" investitsiya loyihasini amalga oshirish bosqichlari, yuzaga kelayotgan malalalarga yechimlar, hamkorlikning samarali natijalari atroflicha tahlil etildi.

Shu bilan birga, hozirda amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy texnik-muhandislik holati, qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish hamda kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari ishchi tartibda muhokama qilindi.

✍️ Investitsiya bosh boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>