Yangiliklar
Bosh prokuratura: Shahrixon tumanidagi sexning maʼmuriy binosida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish oiibatida 399 mln so‘m zarar yetkazilgan
  • 13.04.2024
  • 39

Prokuratura organlari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi  “Y”  MCHJ ish yurituvchisi A.X. va boshqalar tomonidan jamiyatga qarashli trikotaj mahsulotlari ishlab chikarish sexining maʼmuriy binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga  noqonuniy ulanib, kripto-aktiv va mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirib kelinganligi natijasida 399  mln. so‘m  zarar yetkazilgan.  

Mazkur holat yuzasidan “Y”  MCHJ ish yurituvchisi A.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Manba

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>