Yangiliklar
Andijon magistral elektr tarmoqlari» filialida idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari hamda idoraviy qorovul tarkibi xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda
  • 08.04.2024
  • 34

Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari hamda idoraviy qorovul tarkibi xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.

Huquqiy asos: 2022-yil 15-iyundagi “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘ZRQ-778-son Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi “Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son qarori hamda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2024-yil 20-martdagi 63-sonli buyrug‘i.

Raqamlashtirish boshqarmasi tomonidan olingan va eʼtiboringizga taqdim etilayotgan fototasvirlarda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filialida o‘tkazilgan tadbir jarayoni aks etgan.

✍️ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>