Yangiliklar
Ramazon Hayiti bayrami arafasida xayriya aksiyasi o‘tkazildi
  • 07.04.2024
  • 39

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimiyatining rasmiy murojaatiga asosan, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi homiyligida Ramazon Hayiti bayrami arafasida Xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Kam taʼminlangan, nogiron hamda boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj 50 ta oilalarga homiylik mablag‘lari hisobidan birinchi ehtiyoj ro‘yxatidagi oziq-ovqat (un, yog‘, go‘sht, guruch, shakar, makaron, choy va bayram shirinliklar) hamda sanitariya-gigiyena vositalari (sovun, kir yuvish kukuni) kabi mahsulotlar tarqatildi.

 

Shuningdek, energetika sohasida faoliyat yuritgan mehnat nafaqasidagi faxriylari holidan xabar olindi.

 

 

ДЕПУТАТ ҚАБЫЛЛАЎХАНАСЫ / ДЕПУТАТ ҚАБУЛХОНАСИ

 

t.me/deputatisaqulov

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>