Yangiliklar
2023-yilda yoqilg‘i-energetika korxonalarida jami 868 ta yangi ish o‘rni yaratildi
  • 05.04.2024
  • 50

#bir_raqam_sharhi

Xususan:

Soha korxonalarida – 553 ta (neft-gaz tarmog‘ida 274 ta va elektr tarmog‘ida 279 ta),

Ishga tushirilgan investisiya loyihalari doirasida – 315 ta (yangi Sirdaryo IES – 120 ta, QTEM – 195 ta) yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ma’lumot uchun: So‘nggi yillarda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida bosqichma-bosqich olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari tufayli soha yanada rivojlanib, korrupsion holatlarning oldi olinmoqda. Texnik va texnologik jarayonni masofadan turib, inson omilisiz samarali boshqarish hamda iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishga erishilyapti.

Birgina misol, “Sirdaryo IES”da 2 ming nafar xodim tarafidan bajariladigan yumushlar “Yangi Sirdaryo IES”da qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalar tufayli atigi 120 nafar xodim tomonidan amalga oshiriladi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/11029

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>