Yangiliklar
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “SMEC International Pty. Limited” (Avstraliya) va Tractebel Engineering GmbH (Germaniya) hamda Pamir BV (Belgiya) konsorsiumlari o‘rtasida shartnoma imzolandi
  • 03.04.2024
  • 44

Bugun, 2024-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  2023-yil 9-noyabrdagi PQ–363-sonli qaroriga asosan Osiyo taraqqiyot  banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan  “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsion loyihasi doirasida  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda loyiha doirasida qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va xalqaro talablar darajasida olib borilishini nazorat qilish uchun “SMEC International Pty. Limited” (Avstraliya) konsalting  kompaniyalari o‘rtasida shartnoma imzolandi.

Konsorsiumning asosiy vazifalari: Eskirgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va 4 ta 220 kVli podstansiyalar hamda O‘zbekistonning 7 ta viloyatida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish jarayonida loyiha amalga oshirish guruhiga ko‘maklashish.

Loyiha amalga oshirishdan maqsad: O‘zbekistonning 7 ta viloyatida mavjud yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari hamda podstansiyalarning barqaror va ishonchli faoliyatini ta’minlash va iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

✍️ Investitsiya bosh boshqarmasi

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>