PRESS-RELIZ: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati.
Aksiyadorlik jamiyati asosan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga transportirovka qilish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, elektr energiyasi eksport va import amaliyotlarini bajarish, shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta’mirlash-sozlash kabi ishlarni bajaradi.
2023-YILDAGI FAOLIYAT NATIJALARI
1. Elektr energiyasini uzatish bo‘yicha: 2023-yilda magistral elektr tarmoqlari orqali
71,9 mlrd kVt•soat elektr energiyasi uzatilib, reja 101,3 foizga bajarildi. O‘sish sur’ati 2022-yilga nisbatan 106,2 foizni tashkil etdi.
2. Eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishi: 2023-yilda eksport ko‘rsatkichlari rejaga muvofiq bajarildi. Jumladan, Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti va elektr energiyasining tranzit xizmatlari amalga oshirildi.
3. Investitsiya dasturining ijrosi bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ–459-son qaroriga asosan Aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan umumiy qiymati 1 346,36 mln. dollarga teng bo‘lgan 17 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan. 2023-yil davomida jami 165,74 mln. dollar miqdorida investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilib, ya’ni shu mablag‘ hajmidagi ishlar amalga oshirilib, reja 104,39 foizga bajarildi. O‘sish sur’ati 2022-yilga nisbatan 147,4 foizni tashkil etdi.
4. Modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari: Modernizatsiya dasturi doirasida 7 ta podstansiyada 1452,3 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi. Jumladan, Farg‘ona viloyatidagi “Sokin” PS 200 MVA, Toshkent shahri “Yuksak” PS 75 MVA, Surxondaryo viloyati “Sherobod” PS 125 MVA, Qashqadaryo viloyati “Qarshi” PS 202,3 MVA, Toshkent viloyati “Chirchiq” PS 125 MVA, Andijon viloyati “Saroy” PS 125 MVA, Navoiy viloyati “Tomdi” podstansiyasida 600 MVA. Bundan tashqari, jami 309 ta kuch transformatori, 1716 ta 110–220–500 kV kuchlanishli o‘chirgichlar, 25 ta kompressor qurilmasi, 5900 km ziyod uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari mukammal va joriy ta’mirlandi, 11865 km uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlari davriy ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
5. Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida: 2023-yilda 10ta loyiha investor kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilinib, umumiy quvvati 1750MVt yangi elektr stansiyalari qurilib ishga tushirildi. Ushbu elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini energotizimga uzatish uchun 46km uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlari qurilib, foydalanishga topshirildi.
6. Sarf-xarajatlarni qisqartirish: 2023-yilda 348,6 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ iqtisod qilindi, jumladan, investitsiya loyihalarini optimallashtirish hisobiga 288,0 mlrd so‘m, nosohaviy faoliyatlarni optimallashtirish hisobiga 29,3 mlrd so‘m, xarid shartnomalarini optimallashtirish hisobiga 19,1 mlrd so‘m, mablag‘larni iqtisod qilish hisobiga 4,7 mlrd so‘m, energiya va gaz resurslarini tejash hisobiga 6,5 mlrd so‘m, “Energiyamaxsusavto” tashkilotini filialga aylantirish hisobiga 1,0 mlrd so‘m iqtisod qilindi.
7. Yangi ish o‘rinlari: 2023-yilning yakuni bilan Aksiyadorlik jamiyati tizim korxonalarida
22 ta yangi ish o‘rni yaratildi va reja 200 foizga bajarildi.
2024-YILDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DOLZARB VAZIFALAR
Birinchidan, magistral elektr tarmoqlari orqali 74,0 mlrd kVt•soat elektr energiyasini uzatish kutilmoqda hamda 9150,0 ming kVt•soat miqdorida elektr energiyasi iste’molini iqtisod qilish rejalashtirilgan.
Ikkinchidan, 2024-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan umumiy loyiha qiymati 1 915,7 mln dollarga teng bo‘lgan 23 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, loyihalar doirasida 2024-yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 430,6 mln dollar (2023-yil rejasiga nisbatan o‘sish surati 270,0 foiz) mablag‘ o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Jumladan:
Davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘laridan – 164,1 mln dollar (2023-yil tashqi qarz o‘zlashtirish rejasiga nisbatan o‘sish surati 178,4 foiz).
• To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 200,0 mln dollar.
• Korxona o‘z mablag‘laridan – 62,2 mln dollar.
• Tijorat banklari kredit mablag‘lari – 4,3 mln dollar.
Uchinchidan, modernizatsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 3 ta podstansiyada jami 434 MVA qo‘shimcha quvvat yaratilishi rejalashtirilgan, jumladan, Andijon viloyati “Lochin” podstansiyasida 300 MVA, Namangan viloyati “Sardor” podstansiyasida 100 MVA, Toshkent shahri “Quyliq” podstansiyasida 34 MVA.
To‘rtinchidan, magistral elektr tarmoqlarida umumiy quvvati 736 MVA bo‘lgan 9 dona kuch transformatori, 31 dona 110–220–500 kV kuchlanishli o‘chirgichi, 4 dona kompressor qurilmasi va 848,25 km uzunlikdagi 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 304 dona podstansiyadagi transformatorlar va avtotransformatorlar, 1643 dona o‘chirgich, 12 dona havo kompressori hamda 5451,1 km uzunlikdagi 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.
Beshinchidan, xarajatlarni qisqartirish, iqtisod qilish va optimallashtirish hisobiga 350,0 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar iqtisod qilinishi rejalashtirilgan.
Oltinchidan, eksport ko‘rsatkichlari 111,8 mln dollar miqdorida prognoz qilinmoqda.
Yettinchidan, tizim korxonalarida 28 ta yangi ish o‘rnini yaratish rejalashtirilgan.
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!
‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/
‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati
‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq
‖ Instagram:
https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660
‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208
‖ Youtube:
https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
‖ VIDEODARS VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI:
https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi
‖ Korrupsiyaga qarshi kurashish:
https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6
Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
☎ Call centre raqami: +998 (55) 500-5545
«Onlayn rezyume»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume
MVA — megavolt•amper (to‘la quvvat);
MVt — megavatt (o‘rnatilgan quvvat);
kVt — kilovatt (quvvat birligi):
kVt•soat — kilovatt•soat (elektr energiyasi birligi).
https://www.gazeta.uz/uz/2024/03/29/electricity/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati