Yangiliklar
500 kV kuchlanishli “G‘uzor” podstansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
  • 28.03.2024
  • 42

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyundagi O‘RQ–778-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabr sanasidagi «Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chorra-tadbirlari to‘g‘risida»gi 630-sonli qaroriga muvofiq «Qashqadaryo MET» filiali tasarrufidagi 500 kVli “G‘uzor” podstansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

✔️ Mashg‘ulotlarda, shuningdek, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash hamda Yong‘in xavfsizligi boshqarma va bo‘limlari faol ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining buyrug‘iga binoan Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari va idoraviy qorovul tarkibi xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.

 

 

 

 

 

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>