Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ: 5 gektar yer maydoniga «Yashil belbog‘» barpo etilmoqda
  • 16.03.2024
  • 59

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son «Respublikada yashillik darajasini yana-da oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoniga muvofiq, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining tegishli buyrug‘iga asosan, Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, “Do‘stlik” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida 5 gektar yer maydoniga 20 ming dona terak ko‘chati o‘tqazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli taʼsirlarining oldini olish maqsadida, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Yashil belbog‘»lar barpo etilishi belgilab berilgan.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>