Yangiliklar
SAMARQAND: 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 01.03.2024
  • 141

«Samarqand MET» filiali tarkibidagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda olib borilayotgan navbatdan tashqari nazorat ko‘riklaridan fotolavhalar .

«O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisi D.Isaqulov tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishiqagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida «Samarqand MET» filialining hududlaridagi 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda mavjud elektr qurilma va jihozlar belgilangan tartibda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar tezkor tartibda bartaraf etilmoqda.

⚡️ Samarqand viloyatidagi barcha podstansiyalarda mavjud transformatorlarning yuklamasi, yog‘ sathi va tarkibi, himoya tizimining sozligi hamda boshqa texnik-muhandislik ko‘rsatkichlari doimiy nazoratga olingan.

✍️ «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali

https://t.me/minenergy_uz/10749

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>