Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Energetika sohasida ishga joylashish uchun ish malakasi va til bilishi majburiymi? Bular suhbatda inobatga olinadimi?”
  • 23.02.2024
  • 216

Murojaat egasi: Ergashov Jo‘rabek, talaba.

Elektron pochta: jurabekergashov2001@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Ergashov Jo‘rabek. Savolim bor edi. Energetika sohasida ishga joylashish uchun ish malakasi va til bilishi majburiymi? Bular suhbatda inobatga olinadimi? Buxoroda ham bo‘sh ish o‘rinlari bormi?
Javob uchun oldindan rahmat!

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Ergashov Jo‘rabek! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Nafaqat energetika sohasida, balki barcha soha va yo‘nalishlarda ham har bir lavozim uchun qo‘yiladigan alohida malaka talablari mavjud bo‘lib, bu o‘sha lavozim egasining zimmasiga yuklatiladigan vazifa-majburiyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish jarayonida, eng avvalo, nomzod tarjimai holi, yaʼni uning maʼlumoti, mutaxassisligi hamda tahsil olish va mehnat faoliyatining bo‘sh ish o‘rni lavozimiga qo‘yilgan malaka talablariga mosligi inobatga olinadi. Xodimning, dastavval, davlat tilini mukammal bilishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yaxshi kadr bo‘lishi, so‘ng xorijiy tillarini bilishi suhbat jarayonida ustunlik berishi mumkin.

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni maʼlum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kadr_nes@mail.ru;  info@uzbekistonmet.uz elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborgan bo‘lsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Maʼlumot o‘rnida: «Onlayn rezyume» https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@mail.ru;  info@uzbekistonmet.uz

 Xodimlar bilan ishlash boshqarmasidan murojaat:

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, taʼmirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy taʼlim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini taʼminlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan maʼlumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi maʼlumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga maʼqul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.

 Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

Maʼlum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilib borilmoqda. Eʼtiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25  

Maʼlumot o‘rnida: Aksiyadorlik  jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 9 ta rukn, 47 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil maʼlumotlar joylashtirilgan infografika maʼlumotnomasi mavjud.

Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi maʼlumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

BUXORO VILOYATI: Arslanov Sobit Suvonovich, «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filial direktori. Bog‘lanish: Buxoro shahri, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 1/1-uy. Telefon: +998 (65) 225-41-55.

  

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>