Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “110 kV kuchlanishli “Yakkabog‘” podstansiyada o‘rnatilgan uch chulg‘amli transformatorning releli himoyasi haqida batafsil maʼlumotlar kerak...”
  • 20.02.2024
  • 196

Murojaat egasi: Isoyev Muhammadali Qudrataliyevich.

Elektron pochta: isayevmuhammadali0102@gmail.com

 

Murojaat mazmuni: Assalom aleykum, hurmatli «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ. Men Isoyev Muhammadali Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Elektr enegetikasi fakulteti, Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari kafedrasi 4-bosqich talabasiman. Malakaviy bitiruv ishi (diplom ishi) mavzusi «110 kV kuchlanishli “Yakkabog‘” podstansiyada o‘rnatilgan uch chulg‘amli transformatorning releli himoyasi», shu sababli quyidagi maʼlumotlar bo‘yicha amaliy yordam berishingizni so‘rayman. Podstansiyaning prinsial sxemasi, transformatorga kiruvchi quvvat, transformator markasi, ulanish guruhi va o‘rnatilgan himoya turlari. Yuqoridagi maʼlumotlar men uchun juda muhim, hurmat bilan Muhammadali Isoyev.

 

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Muhammadali Qudrataliyevich Isoyev! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

 

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni maʼlum qilamizki, 110 kV kuchlanishli “Yakkabog‘” podstansiya ayni paytda turdosh tashkilot — “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ balansida bo‘lib, ilmiy ishlanma uchun maʼlumotlarni turdosh tashkilotga murojaat qilib olishingiz mumkin.

 

Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

 

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

 

Maʼlumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb-sayti 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 9 ta rukn, 47 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil maʼlumotlar joylashtirilgan infografika maʼlumotnomasi mavjud.

 

Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi maʼlumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>