Yangiliklar
Turdosh tashkilot elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etishda yordamchi brigadalar faoliyati
  • 20.02.2024
  • 130

⚡️ Avval xabar berilganidek, kuchli shamol natijasida Buxoro viloyatidagi 110 kV kuchlanishli “L-Gazli-1” hamda “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan edi.

Avariya oqibatlarini bartaraf etish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ maxsus brigadalariga «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» hamda «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiallari mutaxassislari yordamchi brigadalar safida nosozliklarni bartaraf etishda faol ishtirok etishmoqda.

Ta’mirlash-tiklash ishlariga zarur avtotransport va mexanizmlar jalb etilgan.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>