Yangiliklar
«Surxondaryo MET» filiali: Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari tayanch ustunlarining mustahkamligi nazorat ko‘riklari orqali ta'minlanmoqda
  • 20.02.2024
  • 107

Ayni paytda magistral elektr tarmoqlari brigadalarining ish faoliyati mamlakatimizning janubiy sarhadlaridagi dasht-cho‘l zonalarida, ya'ni qor yog‘magan hududdarda ham (Surxondaryo viloyati) qizg‘in davom etmoqda.

Misol uchun, 220 kV kuchlanishli va texnik-muhandislik nomi Naibobod-1 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘i 176-sonli tayanch ustunining ostki qismi kuchli shamol ta'sirida ko‘chgan qum massasi bilan ko‘milib qolgan (korroziya kelib chiqishiga sabab bo‘ladi). Mazkur temir konstruksiyali tayanch ustunining ostki qismiga uyulib qolgan qum tozalanib, elektr tarmog‘i himoya zonasi ostidagi o‘simlik qoldiqlari yo‘qotildi. Shuningdek, ushbu liniyaning 162- hamda 163-sonli tayanchlari osti qamish hamda cho‘l bo‘ta o‘simliklari qoldiqlaridan tozalandi.

Bundan tashqari, 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ining 165-sonli tayanch ustuni ostki qismida kuchli shamol ta'sirida ochilib qolgan beton tayanchlarning yon atrofi qum bilan to‘ldirilib, tayanch ustunining mustahkamligi ta'minlandi.

Ma'lumot o‘rnida: Surxondaryo viloyatining qor yog‘gan boshqa hududlaridagi yuqori kuchlanishli podstansiya hamda 220–500 kVkuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida nazorat ko‘rigi tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Surxondaryo viloyatidagi barcha podstansiyalarda mavjud transformatorlarning yuklamasi, yog‘ sathi va tarkibi, himoya tizimining sozligi hamda boshqa texnik-muhandislik ko‘rsatkichlari doimiy nazoratga olingan. Filialda zarur zaxira materiallari mavjud hamda maxsus texnika va mexanizmlar navbatchi brigadalar ish jarayoniga safarbar etilgan.

✍️ Otabek Ashurov, «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

▶️ Batafsil

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>