Yangiliklar
«Samarqand MET» filiali: Filialda mavjud elektr qurilma va uskunalari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 20.02.2024
  • 120

⚡️ Mamlakatimizning boshqa hududlaridagi kabi «Samarqand MET» filialida ham avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan va tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Jumladan. barcha podstansiyalardagi avtotransformatorlarning yuklamasi, yog‘ sathi va tarkibi, himoya tizimining sozligi hamda boshqa texnik-muhandislik ko‘rsatkichlari doimiy nazoratga olingan.

Shuningdek, yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi ochiq taqsimlash qurilmalari va kabel kanallarining usti qor qoplamasidan tozalanib, navbatchi guruhlar ish faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Shu bilan birga, 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari teplovizor uskunasi yordamida navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.

✔️ Nazorat ko‘riklarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda

Ma'lumot o‘rnida: yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish uchun, ya'ni zarur texnik-muhandislik amaliyotlarini bajarish uchun zarur avtotransport va mexanizmlar, shuningdek, zaxira moylash-materiallari mavjud.

Yuqorida sanab o‘tilgan nazorat tadbirlari va ish jarayoni «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi “So‘g‘diyona”, “Samarqand”, Cho‘pon-Ota”, “Ishtixon”, “Kattaqo‘rg‘on” va “Suvli” podstansiyalarida amalga oshirildi va har soatda Situatsion tahlil boshqarmasi hamda Tizim xizmatlari bosh boshqarmalariga tegishli tartibda ma'lum qilib borilmoqda.

✍️ Maxmut Pardaev, «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

▶️ Batafsil

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>