Yangiliklar
uzbekistonmet.uz: YOSH ENERGETIKLAR ADIBLAR XIYOBONIDA
  • 29.08.2020
  • 815

   IJODIY MEROS TARG‘IBOTI

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi «Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 502-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi 2020-yil 28-avgust kuni 259-sonli buyruqni imzoladi. Buyruqqa ko‘ra Jamiyatning Markaziy boshqaruv apparati hamda hududiy filiallaridagi Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari o‘z ish rejalariga atoqli adib va mutafakkirlar ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyoboniga sayohat uyushtirish kabi tadbirlarni kiritib, yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan amaliyotlar ko‘lamini birmuncha boyitishdi.

   Shuningdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida qabul qilingan buyruqqa muvofiq quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • Jamiyat tizimidagi ko‘psonli yoshlarning kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishi, shuningdek, ular qalbida buyuk ajdodlarimizga, ayniqsa mutafakkir adiblarimizga bo‘lgan yuksak ehtiromni shakllantirish, shuningdek, ular tomonidan yozib qoldirilgan ijod namunalari mutolaasini keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga yoshlar guruhi tashrifi tashkil etiladi;
  • Hududiy filiallarda faollik ko‘rsatib kelayotgan layoqatli yoshlarni keng jalb etgan holda jamiyat miqyosida mutafakkir adiblarning kitob yarmarkasini o‘tkaziladi;
  • Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida tizim ijtimoiy tarmoqlarida har bir adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus sahifalar yaratiladi;
  • Yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar Jamiyatning Axborot xizmati tomonidan keng yoritiladi.

 

 

   ADIBLAR XIYOBONIGA SAYOHAT

   Bugun, 29-avgust kuni O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari Vatanimiz poytaxtining eng so‘lim go‘shasida joylashgan Adiblar xiyoboniga sayohat uyushtirishdi. Sayohatga Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Azizbek Botirov yo‘lboshchilik qildi.

 

 

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Orif To‘xtashev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Rustam Musurmon hamda yurtimiz yoshlarining sevimli nashri — “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, yozuvchi Nurilla Chori ishtirokida Adiblar xiyobonida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ko‘ng ko‘lamli ishlar xususida ajoyib davra suhbati tashkil qilindi. Xiyobonda xotira haykallari bunyod etilgan el ardog‘idagi shoir va yozuvchilarning hayot va ijod yo‘li, asarlar xususida qizg‘in suhbat interaktiv muloqot shaklida bo‘ldi.

 

 

   Sayohat davomida yosh energetiklar xiyobon hududida joylashgan «Toshkent muzeyi»da ham bo‘lishdi. Muzeydagi tarixiy eksponatlar, qadimgi manzilgohlar haqida so‘zlovchi topilmalar yosh energetiklarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

   SAODAT MASKANI— O‘ZBEKISTON!

   Jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 29 yil to‘lmoqda. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste'dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir.

 

 

   Istiqlolning ilk yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an'analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.

 

 

   Mamlakatimiz mutaqilligining 29 yilligini nishonlash arafasida o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan murakkab yo‘limizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoachilik, butun xalqimizning ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqdir.

 

 

   Darhaqiqat, istiqlol tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g‘ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz — erkin va farovon kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz.

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>