Yangiliklar
“Yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlardan foyda solig'i olinmaydi
  • 08.02.2024
  • 160

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-906-son, 07.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

✳️ “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, quvvati 300 kVt va undan yuqori bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maxsus vakolatli davlat organida ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

Shuningdek, “Soliq kodeksi”ga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generasiya obyektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlar, daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/6926

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>