Yangiliklar
Kuchli shamol natijasida Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan
  • 07.02.2024
  • 63

Soat 07:30 holatiga ushbu hududlarda yuz berayotgan kuchli shamol ba’zi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab bo‘lgan.

Buning natijasida Samarqand viloyatida 457 MVt (114 ming 250 ta iste’molchi), Jizzax viloyatida esa 64 MVt (16 mingta iste’molchi) quvvat bilan elektr ta’minotida vaqtinchalik qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bosqichma-bosqich bartaraf qilinib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 14:30 holatiga Samarqand viloyatida o‘chiq turgan 97 ta fiderdan 58 tasi tarmoqqa ulandi.

Natijada 32 mingta iste’molchining elektr ta’minoti qayta tiklandi.

Hozirgi vaqtda tezkor brigadalar tomonidan qolgan fiderlarda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/10458?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>