Yangiliklar
Tog‘li hududlardan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 07.02.2024
  • 64

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlar oldini olish maqsadida tashkil etilgan va tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda  navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining Taxta qoracha dovoni hududidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-520 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘ining favqulodda o‘chishini oldini olish maqsadida «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali Havo liniyalar xizmati xodimlari tomonidan navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar, sovuq ob-havo sharoiti oqibatlari bartaraf etildi.

 

 

✍️ «Qashqadaryo MET» filiali
 
Facebook  ‖ Instagram  ‖ Youtube

https://t.me/sputnikuzbek/34346

https://t.me/nova24live/57888

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>