Yangiliklar
Xitoyga press-tur doirasida «STATE GRID CORPORATION OF CHINA» korporatsiyasiga keldik
  • 05.02.2024
  • 73

Bu yerda bizni qiziqtirgan yo‘nalishlarning yana biri xitoyliklarning energiya tejamkorligiga intilishi hamda aholi uchun narxlar masalasi bo‘ldi.

Korporatsiyadagilarning aytishicha, narxlar tabaqalashtirilgan tarifga binoan shakllantirilgan. Masalan, Pekinda bir kVt•soat elektr energiyasi yarim yuan turadi. Bu bugungi kurs bilan hisoblaganda, 867 so‘m deganidir. Bir oyda har bir iste'molchi uchun 240 kVt•soat elektr energiyasi shu narxda yetkazib beriladi.

Keyingi bosqich 241 kVt•soatdan 400 kVt•soatgacha. Bunda bir  kVt•soat uchun 0,64 yuan - 1110 so‘mdan to‘lanadi.

Uchinchi bosqichda esa har bir kVt•soat elektr energiyasi iste'moli uchun 0,89 yuan, ya'ni 1543 so‘mdan hisob-kitob qilinadi.

Aytaylik, bir oyda o‘rtacha 300 AQSh dollari daromad qiladigan oila 500 kVt•soat elektr energiyasi iste'moli uchun topganining 16 foizini to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Boshqacha aytganda, bizda 500 kVt•soat uchun 147 ming 500 so‘m to‘lansa, Xitoyda bu «hashamat» bizning pulga 771 ming 630 so‘mga tushadi.

Bir oyda o‘rtacha daromadi biznikiga teng oila bizdan ko‘ra 5,23 baravar ko‘p pul to‘laydi-yu, tejamkorlik qilmasinmi?!

Manba: https://t.me/press_secretary_minenergy/99


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>