Yangiliklar
2-fevralga o‘tar kechasi Bishkekdagi yagona IESda portlash sodir bo‘ldi
  • 03.02.2024
  • 60

Natijada 1 millionga yaqin odam yashaydigan Qirg‘iziston poytaxtida issiqlik va elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi.

Hodisa oqibatida 5 kishi jarohat olgan. IESning ikki ishchisi 80 foizgacha kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli juda og‘ir. Mamlakat FVV vaziri Ajikeevga ko‘ra, portlash sababi gaz yoki ko‘mir changi yig‘ilishi bo‘lishi mumkin. Katta ehtimol portlash aynan shaxtalardan birida sodir bo‘lgan.

Mutasaddilar avariya oqibatlari to‘liq bartaraf etilishi uchun kamida 2-3 kun, tizim odatiy rejimga qaytishi uchun esa bir haftagacha vaqt talab qilinishini aytgan. Hozir Bishkekning katta qismida issiqlik ta'minoti uzilgan.

@burchakostida

Маnbа: https://t.me/burchakostida/43788

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>